Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasida 22-aprel kuni soat 15:01 da Lacetti yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 15:06 da yetib borib, yong‘in soat 15:09 da o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.