Toshkent shahrining Yunusobod tumanida beshta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa 23-yanvar kuni taxminan soat 15:20 larda Yunusobod tumani, KXAY koʻchasida sodir boʻlgan. Unda Nexia-2, ikkita Lacetti, Spark va Nexia-3 avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.

YTH oqibatida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.