Toshkentning ikkita tumanida elektr vaqtincha o‘chiriladi

Bunga eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi

Toshkent shahar Yunusobod hamda Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida 14-may kuni elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi. 

  • Yunusobod tumani: «Mirzo Ulug‘bek», «Buyuk Turon», “Bodomzor”, «Shayh Shivli», «Yangi Tarnov», “Firdavsiy”, “Xiyobontepa” hamda “Bo‘zsuv” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: «Oq qo‘rg‘on», “Darxon” hamda “Mustaqillik” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling