Toshkentning ikkita tumanida daraxt qulashi oqibatida gaz tarmoqlariga shikast yetdi

Ayni vaqtda holatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Kuchli shamol tufayli Yunusobod va Yashnobod tumanidagi gaz quvurlariga daraxtning yiqilishi natijasida tabiiy gaz tarmoqlariga shikast yetgan. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Ayni vaqtda gaz ta‘minoti bo‘limining avariya brigadalari tomonidan mas‘ul tashkilotlar bilan hamkorlikda holatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, bugun erta tongda poytaxtda kuchli shamol kuzatildi. Oqibatda ayrim joylarda daraxt avtomashinalarni ham bosib qolgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling