Toshkentda 20 yoshli haydovchi piyodani urib yubordi

Hodisa oqibatida piyoda shifoxonaga olib ketilgan

Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Amir Temur koʻchasida 15-fevral kuni soat 20:15 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2005-yilda tugʻilgan J.I. Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyoda shifoxonaga olib ketilib birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling