Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi ayrim hududlarda 14-may kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga tumanning 8-mavzesidagi gaz tarmoqlarini ko‘chirish ishlari amalga oshirilishi sabab bo‘ladi.
- Aholi isteʼmolchilar soni: Yunusobod 2–5, 8–19-dahalaridagi ko‘p qavatli uylar, “Anorzor”, “Shahriston”, “Kulolqo‘rg‘on”, “Yo‘lariq”, “Turkiston”, “Registon”, “Bobdehqon” MFYlari va Registon, Mirzaahmedova, Moyqo‘rg‘on, Binkat ko‘chalaridagi xonadonlar
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 25 ta
Shuningdek, quyidagi mahallalarda gaz bosimi pasayadi: “Otchopar 1”, “Otchopar 2”, “Yunusobod”, “Posira”, “Hiyobontepa”, “Bodomzor”, “Shivli”, “Firdavsiy”, “Yangitarnov”, “M.Ulug‘bek”, “Buyuk Turon”, “Bo‘zsuv”, “Iftixor”, “Jomiy!, “Turkqo‘rg‘on”, “Yangiariq”, “U. Shirin”, “Minor” va “Matonat” MFY.
Taʼmirlash ishlari yakunlangan so‘ng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.