Toshkentning bitta tumanida elektr vaqtincha o‘chiriladi

Bunga eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi

Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida 18-may kuni elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

  • Ushbu hududlar: “Otchopar-1”, “Otchopar-2”, “Bodomzor”, “Bo‘zsuv”, “Xiyobontepa”, “Obod”, “Posira”, “Mingchinor”, “Bog‘ibo‘ston”, “Shivli”, «Mirzo Ulug‘bek» hamda “Firdavsiy” MFYlarining ayrim hududlarida soat 00;00 dan 06:00 gacha.

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling