Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida 1-may kuni elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
- Ushbu hududlar: “Otchopar-1”, “Otchopar-2”, “Oqtepa”, «Buyuk Turon», “Obod”, “Bog‘ibo‘ston”, «Mirzo Ulug‘bek», «Shayh Shivli» hamda “Firdavsiy” MFYlarining ayrim hududlarida soat 12:00 dan 15:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.