Toshkent shahar, Yunusobod tumanining ayrim hududlarida 27-may kuni elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
- Ushbu hududlar: “Otchopar-1”, “Otchopar-2”, “Oqtepa”, «Buyuk Turon», “Obod”, “Bog‘ibo‘ston”, «Mirzo Ulug‘bek», «Shayh Shivli» hamda “Firdavsiy” MFYlarining ayrim hududlarida soat 00:00 dan 04:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.