Toshkent shahrida lift ichida qulflanib qolgan bola sogʻ-salomat qutqarildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
30-mart kuni soat 22:55 da Yunusobod tumani 8-dahasida joylashgan koʻp qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolganligi, uni ichida bir nafar bola qolib ketganligi toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga koʻra, tuman FVB qutqaruvchilari manzilga yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida liftni ochib, bola qutqarilgan hamda ota-onasiga sogʻ-omon topshirilgan.