Toshkent shahrining Yunusobod tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan xonadon aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro A.I.ga tegishli xonadonda yashab kelayotgan fuqarolar S.Sh. va B.A. oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib, 744,2 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.