Toshkentning beshta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 22-may kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Yunusobod tumani 8-mavzedagi gaz tarmoqlarida ta‘mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan soat 09:00 dan 18:00 gacha ayrim hududlarda gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

  • Aholi isteʼmolchilari: Yunusobod 2–19-dahalaridagi ko‘p qavatli uylar, “Anorzor”, “Shahriston”, “Kulolqo‘rg‘on”, “Yo‘lariq”, “Turkiston”, “Registon”, “Bobdehqon” MFYlari va Registon, Mirzaahmedova, Moyqo‘rg‘on, Binkat va Yuqori Qoraqamish ko‘chalaridagi xonadonlar
  • Ulgurji isteʼmolchilar: 480 ta

Shuningdek, quyidagi mahallalarda gaz bosimi pasayadi: “Otchopar 1”, “Otchopar 2”, “Yunusobod”, “Posira”, “Hiyobontepa”, “Bodomzor”, “Shivli”, “Firdavsiy”, “Yangitarnov”, “M.Ulug‘bek”, “Buyuk Turon”, “Bo‘zsuv”, “Iftixor”, “Jomiy!, “Turkqo‘rg‘on”, “Yangiariq”, “U. Shirin”, “Minor” va “Matonat” MFY.

Mirzo Ulug‘bek tumani (12:00 dan 18:00 gacha): “Gulirayxon” ko‘chasi

  • Aholi xonadonlar soni: 30 ta yerli xonadonlar, 6 ta ko‘p qavatli uylar

Bektemir tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Iyk Ota” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 255 ta yerli xonadonlar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

Olmazor tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Xastimom” MFY

  • Aholi isteʼmolchilar soni: 135 ta
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Shayxontohur tumani (10:30 dan 18:00 gacha): “Gulbozor” MFY

  • Aholi isteʼmolchilar soni: 80 ta yerli xonadon, 54 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 13 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling