Toshkentning yettita tumanida issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

Soat 9:00 dan 18:00 gacha issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

Toshkent shahrining Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Olmazor, Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarida 26-mart kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.  Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Ushbu hududlar:

  • Yunusobod tumani – A. Temur, Osiyo, Bogʻishamol, Minor, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yoʻli, Mingoʻrik, A. Qodiriy, Bodomzor, Koʻrgazma, Koʻzitarnoq, Shivli, Markaz-2, 4, 5, 6. 
  • Mirzo Ulugʻbek tumani – Mustaqillik, Hamid Olimjon, Markaz-1. 
  • Olmazor tumani – Gulsaroy, Sebzor, Oltinsaroy, Shimoliy Olmazor, Nurafshon, Qoraqamish, Taxtapul, Muxbir, K/K 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/1, 2/3, 2/4, 2/5. 
  • Shayxontohur tumani – Zulfiyaxonim, Labzak, Markaz-12, 15. 
  • Chilonzor tumani – Zargarlik, Qatartol, Guliston, Farhod, Choponota, Kichik halqa yoʻli, Naqqoshlik, Dombirobod, Serquyosh, Usmur, Tohiyatosh, Al-Xorazmiy, Qizil Sharq, Algoritm, Massiv-5, 6, 8, 9, Markaz (Ts), 10, 16, 17, 18, 19, 20, 20a, G-35. 
  • Uchtepa tumani – Lutfiy, Shirin, Shayxzoda, Katta Xirmontepa, Farhod. 
  • Yakkasaroy tumani – Kichik halqa yoʻli, Bogʻiboston. 

“Ushbu olib borilayotgan ishlar koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga hamda kelgusi isitish mavsumida issiqlik va issiq suv taʼminotining uzluksizligini taʼminlashga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling