Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning bitta tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Bunga eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida 23-oktyabr kuni elektr energiyasi vaqtinchalik uziladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  xabar berdi.

Bunga tumandagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Yunusobod” podstansiyasida eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

  • Ushbu hududlar: “Mingchinor”, “Qo‘shchinor”, “Adolat”, “Akbarobod”, “Husniobod”, “Yurtobod”, “Shoshtepa”, “Mehnatobod”, “Beg‘ubor”, “Qadrdon”, “Xalqabog‘”, “Muruvvat”, «Ahmad Donish», «O‘zbekiston Mustaqilligi», “Yunusota”, “Sevinch”, “Yangibog‘”, “Ahilobod”, “Bog‘ishamol”, “Bog‘ieram”, «Uch Qahramon», “Shahriston”, “G‘ayratiy”, “Anorzor”  hamda “Bobodehqon” MFYlari.
  • Vaqti: soat 00:00 dan 05:00 gacha.  

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling