Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 12-may kuni soat 09:30 larda yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar berdi.
Maʼlum qiilnishicha, haydovchi 1973 yilda tug‘ilgan K.Sh boshqaruvidagi Isuzu maxsus yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv tufayli yong‘in kelib chiqqan.
O‘t o‘chiruvchilar tomonidan yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in natijasida harakat ishtirokchilari sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Hozirda xolat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.