Toshkent viloyatida qum-shagʼal aralashmasini noqonuniy qazib olinishi oqibatida 4,3 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Holat bo‘yicha toplangan hujjatlar Toshkent viloyati Prokuraturasiga yuborildi.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Reyd davomida “Nurafshon” MFY hududidan oqib oʼtuvchi Chirchiq daryosining muhofaza mintaqasiga yaqin joyda qum-shagʼal aralashmasi davlat raqami yechib olingan yuklagich yordamida yuk mashinalariga hech qanday ruxsatnomasiz yuklab berilayotganligi aniqlandi.

Transport vositalarini vaqtinchalik saqlab turish uchun tuman hududida joylashgan jarima maydonchasiga joylashtirish vaqtida haydovchilar qonuniy talablarga boʼysunmay, voqea joyidan qochib ketdi.

Huquqbuzarlar ushbu harakatlari bilan qator qonun talablarini buzgan.

Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 4 mlrd 347 mln 712 ming 454 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Holat bo‘yicha toplangan hujjatlar Toshkent viloyati Prokuraturasiga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling