Navoiyga 42 ta avtobus olib kelindi

Ushbu avtobuslar Karmana tumani markazi va Navoiy shahri ko‘chalarida harakatlanishi tashkil etiladi

Navoiyga 42 ta zamonaviy YUTONG avtobuslari olib kelindi, deb xabar berdi Transport vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu avtobuslar Karmana tumani markazi va Navoiy shahri barcha ko‘chalarini qamrab oluvchi yo‘nalishlarda harakatlanishi tashkil etiladi.

Aprel oyida Xitoydan olib kelingan 18 dona zamonaviy avtobuslarning “Navoiy” avtovokzali – viloyat Avtoyo‘l boshqarmasi” va Tinchlik qo‘rg‘oni – “Malika” avtostansiyasi yo‘nalishida brutto-shartnoma asosida qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling