Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2025 / hijriy 1446-yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori boʻyicha qarori qabul qilindi.
Unga koʻra:
Zakot nisobi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61,2 mln soʻm deb belgiladi.
Shunga koʻra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61,2 mln soʻm qiymatidagi pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli boʻlsa, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.
Fitr sadaqasi miqdori
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
≈ 2 kg bugʻdoy unidan – 10 000 (oʻn ming) soʻm;
≈ 4 kg arpadan – 16 000 (oʻn olti ming) soʻm;
≈ 2 kg mayizdan – 110 000 (bir yuz oʻn ming) soʻm;
≈ 4 kg xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) soʻm deb belgilandi.
Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.
Fidya miqdori
Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil boʻladi.