Prezidentning “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq:
- 2025-yil 1-fevraldan kasblarga oʻqitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan koʻp davom etadigan oʻquv kurslariga qabul qilingan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz aʼzolariga toʻlanadi.
- 2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambagʻal oilalar aʼzolarini kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi joriy qilinadi.
Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi.
Vaucher asosida bepul oʻqitiladigan til va kasblar roʻyxati:
1. Kompyuter grafikasi mutaxassisi
2. Kompyuter texnikasi montajchisi
3. Interer dizayner
4. Marketing boʻyicha mutaxassis
5. Merchendayzer (reklama qiluvchi)
6. Kontent - menejer
7. AutoCad dasturi
8. Logistika markazlari texnik-operatori
9. Call-center operatori*
10. Videomontaj
11. Buxgalteriya (oʻrta malakali)
12. Kadrlar va maxsus ishlar boʻyicha inspektor
13. Ayollar sartaroshi
14. Erkaklar sartaroshi
15. Fotograf
16. Kinooperator
17. Gid-sayohatchi
18. Surdotarjimon
19. Ofitsiant*
20. Karving sanʼati ustasi
21. Zargar (modeler)
22. Vizajist (stilist-kosmetolog)
23. Massajchi
24. Navbatchi mexanik*
25. Kran mashinisti*
26. Konditsiyalash va shamollatish sistemasini taʼmirlash va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha chilangar*
27. Qozonxona ishchisi*
28. Maishiy texnikalarni chilangar-yigʻuvchisi
29. Payvandlovchi (3-MT boʻyicha barcha turdagilar)
30. Chilangar-santexnik
31. Tokar
32. Elektromontyor
33. Betonchi*
34. Avtomobillarni taʼmirlovchi chilangar
35. Nemis tili
*ushbu 7 ta kasbga ish beruvchi tomonidan buyurtma berilganida oʻqitiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling