Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Ikkita hududda jami 2,2 mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan reyd jarayonida noqonuniy holat aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Tumandagi “Q. K.” nomli umumiy ovqatlanish maskanidagi gaz jihozlarining sarfi isteʼmolchi tomonidan o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasining maksimal hisoblash quvvatidan oshiqcha ekani aniqlandi. 

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 1 mlrd 157 mln so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Shuningdek, Xiva shahrida "Ch. Q." xususiy korxonasiga qarashli qurilish obyektida elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 1 mlrd 95 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi. 

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling