Toshkent viloyatida mingga yaqin kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini saqlayotgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 29 yoshli S.M. 50 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini xaridorga 3,3 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Dori vositalarining manbasini aniqlashga qaratilgan surishtiruvlardan soʻng tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsni dori bilan taʼminlayotgan 1986-y.t. U.U.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirildi.

Ushbu shaxs xonadonida 796 dona turli nom va koʻrinishdagi kuchli taʼsir qiluvchi va psixofaol dori vositalarini sotish maqsadida saqlayotganligi aniqlanib qoʻlga olindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling