Toshkent viloyatida qariyb 5 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanidan o‘tuvchi Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘liga yaqin bo‘lgan xufiya joyga muqaddam narkokureʼrlar tomonidan qoldirib ketilgan, jami 10 dona o‘ramdagi 4 kg 956 gr “opiy” moddasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.
Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu ajal og‘usi egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu turdagi giyohvandlik vositalari O‘zbekistonga xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelinadi.