Toshkent viloyatining Zangiota tumani, “Olim polvon” mahallasi, Kamoliddin Behzod ko‘chasida joylashgan gilam do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Mʼalum qilinishicha, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:44 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:09 da qurshab olingan va soat 10:38 da bartaraf etildi.
Tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma‘lumot kelib tushmadi.