Toshkent viloyatida giyohvandlik moddasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalarini sotish uchun Zangiotaga olib kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Surxondaryo va Toshkentda yashovchi, 47-54 yoshdagi ikki shaxs (E.B., B.N.) oʻzlariga tegishli Nexia avtomashina saloniga yashirilgan paypoqda ogʻirligi 300 gr boʻlgan (gashish) giyohvandlik moddasini olib ketayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan qoʻlga olindi.

Ushbu shaxslar qora bozorda taxminiy qiymati 25 million soʻmga teng boʻlgan mazkur moddani oʻtkazish maqsadida maqsadida olib kelganliklari aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling