Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Zangiotadagi ochiq maydonda qurilish chiqindilari yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkent viloyatining Zangiota tumani, “Nurafshon” MFY, O‘zbekiston ovozi ko‘chasida joylashgan ochiq maydonda 19-mart kuni soat 10:00 da qurilish chiqindilari yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:12 da hodisa jaoyiga yetib borib, yong‘in soat 10:17 da o‘rab olingan va soat 10:28 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Voqea joyiga Toshkent viloyati FVB va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling