Jizzaxdagi ikkita zapravkada 6,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Jizzax viloyatidagi ikkita AGTKSHda jami 6,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi

Forish tumani “Egizbuloq” MFYda joylashgan “C. S.” MCHJga qarashli AGTKSH xatlovdan o‘tkazildi. Unda hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir o‘tkazilgani aniqlandi. 

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 6 mlrd 12 mln so‘mlik zararlar qayd etildi.

Sharof Rashidov tumanida joylashgan “Sh. T.” MCHJga qarashli metan zapravkada o‘tkazilgan xatlov vaqtida isteʼmolchi elektron gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir o‘tkazgani maʼlum bo‘ldi. 

Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki xulosalarga ko‘ra, 406 mln so‘mlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.

Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling