Toshkentda Zeekr yonib ketdi

Elektomobilning akkumulyator qismida yongʻin kelib chiqganligi aniqlandi

Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Furqat koʻchasida 10-aprel kuni soat 07:30 da Zeekr elektromobili yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Yongʻin-qutqaruv texnikalari manzilga soat 07:35 da yetib borib, yongʻin soat 08:28 da oʻchirildi.

Elektomobilning akkumulyator qismida yongʻin kelib chiqganligi aniqlandi. Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling