Istanbuldagi zilzila oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Bosh konsulxona marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha choralarni ko‘rmoqda.

Istanbul shahrida yashagan O‘zbekiston fuqarosi 23-aprel kuni yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, ushbu holat Istanbulda sodir bo‘lgan zilzila vaqtida yuqori qavatda turgan fuqaroning kuchli qo‘rquv holatiga tushishi natijasida yuz bergan.

Bosh konsulxona marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling