Qoraqalpog‘istonda KamAZ yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketdi

To‘qnashuv oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Baday va Beruniy stansiyalari o‘rtasidagi qo‘riqlanmagan temir yo‘l kesishmasida 30-iyul kuni soat 16:09 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ xabar berdi.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, KamAZ yuk mashinasi Andijon – Qo‘ng‘irot yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan yo‘lovchi poyezdi oldidan o‘tish joyini darhol kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida yuk mashinasi va poyezd o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada teplovoz relsdan chiqib ketgan. To‘qnashuv oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan tezkor guruh voqea holatlari yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bordi.

Temiryo‘lchilar o‘z vaqtida chora ko‘rib, poyezdning barcha yo‘lovchilari 6 ta avtobusda Nukus va Qo‘ng‘irot shaharlariga jo‘natildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling