Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamentiga rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga polkovnik Zufar Kurbanov tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligida raqamli texnologiyalarni tizimga tatbiq etish masalalarini takomillashtirish, kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularni fosh etish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident qaroriga asosan ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi. Qaror bilan, ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti rahbari lavozimi kiritildi.

Ushbu lavozimga esa polkovnik Zufar Kurbanov tayinlandi.

Yig‘ilishda, ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish masalalari, bu jarayonning asosiy yo‘nalishlari va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, masʼullarning taklif va mulohazalari tinglandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling