Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga nisbatan suiqasd ishi yuzasidan Harbiy sudda mahkama boshlangan. Bu haqda Inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, sudlanuvchilar sonining ko‘pligi, qo‘yilayotgan ayblovlarning jiddiyligi va ishning jamoatchilik uchun ahamiyati inobatga olinsa ham, mahkama yopiq tarzda o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Komil Allamjonovga suiqasd qilishda gumon qilingan ikki nafar shaxs Interpol orqali qidiruvga berilgandi.
Keyinroq, Komil Allamjonovga suiqasd qilish bo‘yicha Rossiya fuqarolari sirtdan ayblanuvchi tariqasida jalb qilingandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling