ANORBANK «Identifikatsiyadan o‘ting va sovg‘alar qo‘lga kiriting» aksiyasining g‘oliblariga mukofotlarni topshirdi

Bosh sovrin — iPhone 16 smartfoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi Sultonbek Ayapbergenovga topshirildi.

28-mart kuni ANORBANKning «Identifikatsiyadan o‘ting va sovg‘alar qo‘lga kiriting» aksiyasi birinchi bosqichining yutuqli o‘yini bo‘lib o‘tdi.

ANORBANK ilovasida masofaviy identifikatsiyadan o‘tib, aksiya shartlarini bajargan O‘zbekiston fuqarolari aksiya ishtirokchilariga aylandi. Aksiyaning birinchi bosqichi sovg‘a jamg‘armasi iPhone 16 smartfoni, beshta Samsung smartfoni, beshta Samsung plansheti, beshta Yandeks stansiyasi va ikkita robot-changyutgichdan iborat edi.

Shuningdek, quyidagilar sovrinlar sohibi bo‘lishdi:

• Fazliddin Otaboyev (Jizzax shahri) — Samsung smartfoni;

• Zohida Xayitboyeva (Toshkent shahri) — Samsung smartfoni;

• Rustamjon Shodiyev (Qarshi shahri) — Samsung plansheti;

• Ilyosbek To‘lanboyev (Andijon shahri) — Yandeks Stansiyasi;

• Atamurat Eshmuratov (Nukus shahri) — robot-changyutgich.

G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Oferta shartlariga ko‘ra, aksiya uch bosqichda o‘tkaziladi.

«Identifikatsiyadan o‘ting va sovg‘alar qo‘lga kiriting» aksiyasining ikkinchi bosqichi sovrinlari 2-may kuni o‘ynaladi. Jonli efir ANORBANKning instagramdagi rasmiy kanalida namoyish etiladi.

Telefon: 1290

Sayt: anorbank.uz

Facebook: @anorbank

Instagram: @anorbank

Telegram: @anorbank

Reklama huquqi asosida

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling