Kasbiy ta‘lim agentligiga direktor tayinlandi

Azimjon Xusanov bunga qadar Mirgatsiya agentligi direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Prezident qarori bilan, Azimjon Xusanov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta‘lim agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda MMTV xabar berdi.

U bunga qadar Mirgatsiya agentligi direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq, prezident farmoni bilan Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etilishi belgilangandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling