Avvalroq Transport nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi inspektori Salimjon Nishonboyev O‘zAga endilikda avtobuslarda yo‘l haqini naqd pul ko‘rinishida bergan yo‘lovchi jarimaga tortilishini aytgandi. Transport vazirligi holat bo‘yicha izoh berdi.
Unga kshra, Toshkent shahar avtobus yo‘nalishlarida naqd pulda to‘lov qilgan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi to‘g‘risidagi xabarlar asossiz hisoblanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 144-moddasida yo‘lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling