Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqoʼrgʼon tuman sudida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olgan “G.S” MChJ rahbari S.I. ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2024-yilning noyabr oyida Chirchiq daryosi muhofaza hududidan qum-shagʼal aralashmasi ortib berilayotganligi aniqlangan edi. Holatga aniqlik kiritilganida qum-shagʼal aralashmasi “G.S.” MCHJ tegishli boʼlgan tosh maydalash sexiga olib borib toʼkilayotganligi ma‘lum bo‘lgan.
Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqoʼrgʼon tuman sudi tomonidan “G.S”MChJ rahbari S.I. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Shuningdek, huquqbuzardan davlat foydasiga katta miqdorda zarar va jarima undirilishi belgilandi.