HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi

Yangi smartfonning xususiyatlari va foydalanuvchilarni qanday ajablantirishi mumkin.

AI-Kamera tugmasi bilan yuqori aniqlikdagi suratlar

Ushbu tugma yordamida kamerani tezkor ishga tushurish, videoga olish uchun esa tugmani bosib turish kifoya. Shu bilan birga ushbu tugma masshtablashni oson boshqarish imkonini beradi. Smartfon 108 MP asosiy kamera, 5 MP keng burchakli kamera hamda 16 MP old kamerasi bilan jihozlangan bo‘lib, kundalik hayotni ajoyib sifat va tiniq tafsilotlar bilan suratga olish imkonini beradi.

Nafis va zamonaviy dizayn

Og‘irligi bor-yo‘g‘i 171 g hamda korpus qalinligi 7,29 mm bo‘lgan HONOR 400 Lite o‘zining yengilligi va foydalanishdagi qulayligi bilan ajralib turadi. U, shuningdek, nam sharoitlarda ham uzluksiz ishlash uchun IP65 texnologiyasi bilan jihozlangan.

Kuchli akkumulyator

HONOR 400 Lite uzoq muddat foydalanish va ishonchli ishlash uchun 5230 mAs sig‘imli Li-ion polimer batareya bilan jihozlangan. 35 Vt HONOR SuperCharge simli quvvatlash bilan esa qurilma atigi 30 daqiqada 52% gacha quvvat oladi hamda 73 daqiqada 100% gacha yetishi mumkin.

Yuqori samaradorlik

MediaTek Dimensity 7025-Ultra protsessori bilan jihozlangan HONOR 400 Lite zamonaviy smartfonlar uchun zarur bo‘lgan yuqori samaradorlikni taqdim etadi. Ushbu protsessor yuqori kadrlar chastotasiga ega displeylarni, ilg‘or tasvirlarni qayta ishlash imkoniyatlarini va 5G tezkor ulanishni qo‘llab-quvvatlab, uni yuqori unumdorlikni istagan foydalanuvchilar uchun mukammal yechimga aylantiradi.

Narxlar va sotuvga chiqishi

HONOR 400 Lite Kulrang, Qora va Yashil ranglarida taqdim etiladi. Smartfonni O‘zbekiston bo‘ylab Idea, Ishonch, Texnomart, Mediapark, CA Store, Uzum va boshqa do‘konlardan o‘rtacha 3,869,000 so‘mdan boshlab xarid qilish mumkin.

*Ko‘rsatilgan narx o‘zgaruvchan bo‘lib, u vaqt o‘tishi bilan yoki turli hududlarda farq qilishi mumkin.

Smartfon haqida batafsil havola orqali bilib olishingiz mumkin.

HONOR Uzbekistan'ning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:

Facebook: @honoruzbekistan

Instagram: @honoruzbekistan

Telegram: @HonorUzbekistan

YouTube: @Honor-Uzbekistan

Reklama huquqi asosida

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling