Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Shavkat Mirziyoyev Ismoil Jo‘rabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

I.Jo‘rabekov “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.

Avvalroq suv xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Ismoil Jo‘rabekov vafot etgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jo‘rabekovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarimizni amalga oshirishda I.H.Jo‘rabekov, moʻtabar yoshda bo‘lishiga qaramasdan, suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi sifatida xizmat qilib, o‘zining boy bilim va tajribasi, qimmatli maslahatlari bilan sohani rivojlantirish, yosh kadrlarni tarbiyalash ishlarida faol ishtirok etdi", deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, I.Jo‘rabekov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik”, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling