NASA'ning Orion kosmik kemasi Oyga yetib bordi

Kema Oy yuzasidan taxminan 130 km balandlikdan oʻtgan, shundan soʻng u balandroq orbitaga kira boshlagan

Foto: NASA<br>

Foto: NASA

AQSH Milliy aerokosmik agentligining (NASA) Artemis I loyihasi doirasida uchuvchisiz Orion kosmik kemasi 21-noyabr kuni Oyga uchdi va unga eng yaqin masofada parvoz qildi. Bu haqda NASA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kema Oy yuzasidan taxminan 130 km balandlikdan oʻtgan, shundan soʻng u balandroq orbitaga kira boshlagan.

Maʼlum qilinishicha, kema, 1969-yilda astronavtlar bilan birga “Apollon-11” kosmik kemasining qoʻngan joyi — Tinchlik dengizi ustidan taxminan 2250 km balandlikda uchib oʻtgan. Keyinchalik “Apollon-14” va “Apollon-12” qoʻnish joylarida boʻldi.

Xabarga koʻra, 25-noyabr kuni kema Oydan 92194 km uzoqlikdagi chuqur orbitaga chiqadi, Shuningdek, u 26-noyabr kuni Yerdan 400 171 km uzoqlikdan oʻtib “Apollon-13” tomonidan oʻrnatilgan rekordni yangilashi kerak boʻladi. Kema 28-noyabr, dushanba kuni Yerdan maksimal masofaga — 432 192 kmga yetib boradi.

Foto: NASA<br>

Foto: NASA

“Missiya rejalashtirganimizdek davom etmoqda. Yer tizimlari, operatsion guruhlarimiz va Orion kosmik kemasining harakati kutganimizdan oshib bormoqda va biz keng fazoni yangi kosmik kemada chuqur oʻrganishni davom etamiz”, — deydi Artemis I missiyasi direktori Mayk Sarafin.

Avvalroq, “Artemida” missiyasi doirasida Orion kemasi ortilgan Space Launch System raketasining uchirilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur parvoz avgust va sentyabr oyidagi bekor qilingan ikki urinishdan soʻng amalga oshirilgan.

Maʼlum qilinishicha, NASA Orion kemasi yordamida odamlarni Oyga tushirish imkonini beruvchi uzoq muddatli dastur ishlab chiqmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling