Foto: ITC.ua
Yaqin oʻn yil ichida astronavtlar Oyda yashashi va ishlashi mumkin boʻladi. Bu haqda AQSH Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) vakili BBC telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, “Artemida” missiyasi doirasida Orion kemasi ortilgan Space Launch System raketasining uchirilishi insonning koinotga parvozlari uchun tarixiy kunga aylangan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda Orion Oydan taxminan 134 ming kilometr uzoqlikda boʻlib, kema bortida esa maxsus maneken bor, u parvozning odam organizmiga taʼsirini qayd etib boradi.
Uning taʼkidlashicha, mazkur parvoz avgust va sentyabr oyidagi bekor qilingan ikki urinishdan soʻng amalga oshirilgan.
“Bu nafaqat AQSH, balki butun dunyo uchun uzoq muddatli koinotni chuqur tadqiq qilish yoʻlidagi birinchi qadamdir”, — deydi u.
Shuningdek, Xuning maʼlum qilishicha, NASA Orion kemasi yordamida odamlarni Oyga tushirish imkonini beruvchi uzoq muddatli dastur ishlab chiqmoqda.
NASA vakilining soʻzlariga koʻra, agar “Artemida”ning joriy parvozi muvaffaqiyatli yakunlansa, keyingi parvoz ekipaj bilan boʻladi. Parvozning uchinchisi esa astronavtlar bilan amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling