Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Qumariq ko‘chasi 15-oktyabrgacha yopiq bo‘ladi

Bunga ko‘chada 325 mm diametrli va umumiy uzunligi 1000 metr bo‘lgan issiqlik tarmoqlarini almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

10-sentyabr kuni Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasi 20 kunga yopilishi haqida xabar berilgandi. Veolia Energy Tashkent‘ning maʼlum qilishicha, ushbu muddat 15-oktyabrga qadar uzaytirildi.

Bunga ko‘chada 325 mm diametrli va umumiy uzunligi 1000 metr bo‘lgan issiqlik tarmoqlarini almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

Taʼkidlanishicha, ishlar davomida kargo xizmatlari, Aviatsiya xavfsizligi xizmati, Aeroport xodimlari, avariya-qutqaruv xizmatlari hamda yaqin atrofdagi uylarning aholisi uchun kirish va o‘tish imkoniyati ta‘minlanadi.

Poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra, shu bois bir qator avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartiriladi. Jumladan:

  • 61-yo‘nalish – A.S. Banokatiy, G. Aliev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 106-yo‘nalish – Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 40-yo‘nalish – Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Temiryo‘lchilar, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
  • 66-yo‘nalish – Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sariko‘l, Yangi Zamon, Sariko‘l, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
  • 52-yo‘nalish – Lokomotiv ko‘chasi bekati va Toshkent vokzali oralig‘ida.

Ta‘mirlash ishlari davomida ko‘chalarda tirbandlik ortishi ehtimoli mavjudligi va yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkinligi aytildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling