Sirdaryodagi portlashda 29 kishi jarohat olgan – SSV

Shundan 26 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan.

Avvalroq Sirdaryoda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 3 kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

SSV holat bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berdi. Hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish va tan jarohatlari olgan.  

Shundan 26 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli qoniqarli bo‘lgani bois ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

O‘ta og‘ir qabul qilingan bemorlardan 3 nafari vafot etgan. Hozirgi paytda shifoxonaga yotqizilgan 1 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib, u  sunʼiy nafas olish apparatida. 

Reanimatsiyadagi mavjud bemorlarning 5 nafari stabil og‘ir, nafasi mustaqil, hushida. 

Ayni paytda qabul qilingan bemorlardan ikki nafari homiladorligi sababli Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialiga ko‘chirilgan. Ularning ahvoli qoniqarli. Qolgan 15 nafar bemorning ham  ahvoli qoniqarli bo‘lib, ular tegishli bo‘limlarda muolaja olmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling