Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkent viloyatida zaharlangan 109 nafar bola shifokorlar nazoratida – vazirlik

Ayni paytda Quyi Chirchiq tumanida 12 nafar, Oqqo‘rg‘on tumanida 97 nafar bola shifokorlar nazoratida.

Avvalroq Toshkent viloyatidagi bir nechta bog‘chalarda bolalar zaharlangani haqida xabar berilgandi.

Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bog‘chalarda bo‘ldi.

Taʼkidlanishicha, holat nafaqat vazirlik, balki tegishli tashkilotlar nazoratiga ham olingan. 

Xususan, hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy hokimlik masʼullari bilan hamkorlikda bog‘chalarning ayni vaqtdagi holati, oshxonalardagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Bog‘cha rahbarlari, tarbiyachilar bilan yaqindan muloqot qilindi.

Ayni paytda Quyi Chirchiq tumanida 12 nafar, Oqqo‘rg‘on tumanida 97 nafar bola shifokorlar nazoratida bo‘lib, bolajonlar salomatligi barqaror. 

Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ehtiyot chorasi sifatida Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi MTT tarbiyalanuvchilari navbati bilan shifokorlar nazoratidan o‘tkazilmoqda. Hozirgacha bolalar sog‘lig‘iga jiddiy xavf soladigan holatlar aniqlanmadi.

Yuzaga kelgan holat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan va tergov jarayonlari boshlangan. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling