Avvalroq Toshkent tumanidagi Uch-qahramon bozorida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Toshkent viloyati IIBB holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, bozorning umumiy do‘konlar qurilgan maydoni 20 ming m/kv bo‘lib, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida 12 ming m/kv maydonda joylashgan savdo do‘konlari yong‘indan saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar aniqlanmadi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.
Hozirda yong‘in kelib chiqishi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.