Uch qahramon bozoridagi yong‘in 74 mlrd so‘m zarar keltirgani maʼlum bo‘ldi

Yong‘inning sababi, bozorga kirishda o‘ng tomonda joylashgan birinchi va ikkinchi do‘konlar orasidan o‘tgan elektr simlarida yuzaga kelgan avariyadan deb taxmin qilindi.

Toshkent tumanida joylashgan "Uch qahramon" bozorida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Toshkent viloyati hokimligi maʼlumotiga ko‘ra, yong‘in oqibatida jamiyat va fuqarolarga jami 74 mlrd so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.

Yong‘inning sababi, bozorga kirishda o‘ng tomonda joylashgan birinchi va ikkinchi do‘konlar orasidan o‘tgan elektr simlarida yuzaga kelgan avariya (ortiqcha yuklanish, yuqori o‘tish qarshiligi) dan deb taxmin qilindi.

Yong‘in oqibatida A blokdagi 78 ta tadbirkor (106 ta do‘kon), S blokdagi 11 ta tadbirkor (19 ta do‘kon) va E blokdagi 48 ta tadbirkor (56 ta do‘kon), jami 137 ta tadbirkor (181 ta tadbirkor do‘koni va 76 ta bo‘sh do‘kon) yong‘indan zarar ko‘rgan.

12-13-avgust kunlari tuman hokimi boshchiligida Jamiyat maʼmuriyati tomonidan yong‘in oqibatida jabrlangan 165 ta tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini davom ettirishlari uchun bozor hududida 63 ta bo‘sh turgan do‘konlar, 125 nafar tadbirkorlik subyektlariga 2 oy muddatga ijara to‘lovisiz ajratib berildi va joylashtirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling