Foto: Hindustan Times
18-dekabr kuni AQSHning Finiks shahridan Gavayiga uchayotgan samolyot girdobga tushib qoldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea sodir boʻlgan vaqtda samolyot ichida 278 nafar yoʻlovchi va 10 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Voqea oqibatida 36 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan.
Xabarga koʻra, 20 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 11 nafarining ahvoli ogʻir. Maʼlum qilinishicha, jarohatlanganlarning eng kichigi 14 oylik.
Aviakompaniyaning ekspluatatsiya boʻyicha bosh direktori Jon Snookning soʻzlariga koʻra, aviakompaniya yaqin tarixda bunday hodisaga duch kelmagan.
Maʼlumotlarga koʻra, jabrlanganlarda bosh jarohatlari, yara, koʻkarish, hushini yoʻqotish qayd etilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling