Foto: mmafighting
17 yoshli Raul Rosas Dena Uaytning DCS shousida g'alaba qozonib, UFCga yo'llanma oldi.
Raul Rosas 17 yoshda bo'lishiga qaramasdan 25 yoshli raqibi ustidan ajoyib g'alabaga erishdi.
“Hatto muhokama qiladigan hech narsa yo'q. Biz u yerda bu haqda hatto gaplashmadik. ... Men hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman”, — dedi UFC prezidenti Dana Uayt.
Dena Uayt jangchini mutlaqo iste'dodli, o'ziga xosligi va boshqalardan ajralib turishini aytdi. Shuningdek, 17 yoshda "bolakay" o'zini bunday tutgani UFC prezidentini hayron qoldirgan.
Qahramonning o'zi esa tug'ilganidan beri bu sodir bo'lishini sezganini, shuning uchun hech kim hayron qolishi kerak emasligini aytgan.
Super jangchi 20 yoshida UFC kamariga ega chiqishini ham qo'shimcha qilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling