Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Maltadagi elchisi etib tayinlandi

Elchi ushbu mamlakat prezidenti Miriam Spiteri Debonoga ishonch yorliqlarini topshirdi

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Maltadagi (qarorgohi Rim shahrida joylashgan) birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Elchi ushbu mamlakat prezidenti Miriam Spiteri Debonoga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Tantanali tadbirdan so‘ng bo‘lib o‘tgan qisqacha muloqot chog‘ida Malta yetakchisi O‘zbekiston prezidenti tomonidan olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat natijasida ikki tomonlama munosabatlar faollashganini taʼkidladi.

Mamlakatlar geografik jihatdan bir-biridan olisda joylashgan bo‘lsada, o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda xalqaro tashkilotlar, shu jumladan BMT va YEXHT doirasidagi o‘zaro tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida urg‘u qaratildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling