Foto: source google
2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 5,5 mln dollariga teng bo‘lgan 6,2 ming tonna qalampir eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, qalampir eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,8 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 7 oyida O'zbekiston quyidagi davlatlarga qalampir maxsulotlarini ko'proq eksport qildi:
Qozog‘iston – 4 ming tonna
Qirg‘iziston – 706 tonna
Rossiya – 502 tonna
AQSH – 219,4 tonna
Germaniya – 161 tonna
Tojikiston – 148 tonna
Xorijga eng ko‘p qalampir eksport qilgan hududlar:
Surxondaryo viloyati – 1,6 ming tonna
Farg‘ona viloyati – 1,1 ming tonna
Jizzax viloyati – 751 tonna
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling