Barselona Messini ortga qaytarmoqchi

Klub Messiga shartnoma bilan birgalikda elchilik lavozimini ham taklif qiladi

Foto: gamingdeputy

Foto: gamingdeputy

Ispaniyaning “Barselona” klubi Lionel Messini ortga qaytarmoqchi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar qildi.

MA'lum bo'lishicha, Katalon klubi vaziyatni tahlil qilmoqda va Messi bilan aloqalarni tiklash uchun harakatni boshlagan.

2023-yilning yozida PSJ bilan shartnomasi tugaydigan argentinalik futbolchini jamoaga qaytarish “Barsa”ning asosiy maqsadiga aylangan. Uning qaytishi sharafiga “Kamp Nou”da katta marosim tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, klub unga elchilik lavozimini taklif qilmoqchi.

“Barselona” Messini qaytarish uchun Leoni ko‘ndirishdan tashqari, uning maoshini xarajatlar smetasiga sig‘dirish, bundan tashqari Messi Xavining yangi taktikasiga tushish tushmasligini tahlil qilish lozim bo‘ladi. Qayd etilishicha, Xavi o‘z jamoasida Lionelni ko‘rishdan xursand bo‘ladi.

Katalonlar 35 yoshli futbolchi qaytishga rozi bo‘lishiga ishonmoqda. Futbolchining o‘zi hozir bu masalani muhokama qilishni istamayapti, uning bor e’tibori JCH—2022 ga qaratilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling