Gordon Eron jangovor dronlarini O'zbekistonda yig'ilishi haqidagi gaplari uchun uzr so'radi — video

Jurnalist Oʻzbekistonning oʻzi avvalroq aytgan maʼlumotlarga hech qanday aloqasi yoʻqligini taʼkidlagan

Foto: Forbes<br>

Foto: Forbes

Ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon Oʻzbekistonda Eron dronlari ishlab chiqarilayotgani haqida aytganida xato qilganini tan oldi.

“Aslida men Oʻzbekistonni emas, Tojikistonni nazarda tutgandim. Faqat tilimdan Oʻzbekiston soʻzi chiqib ketdi”, — deydi u.

Shuningdek uning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekistonda haqiqatdan ham dronlar ishlab chiqariladigan zavod bor, ammo u Eron bilan qandaydir aloqador emas.

“Men Tojikistonni nazarda tutgandim. Hozir buni yana bir bor takrorlamoqchiman. Men Tojikistonda eronliklar keyinroq ruslar ukrainlarni oʻldirayotgan dronlarni ishlab chiqarayotganini nazarda tutganman”, — deydi Gordon.

Xulosa oʻrnida, jurnalist Oʻzbekistonning oʻzi avvalroq aytgan maʼlumotlarga hech qanday aloqasi yoʻqligini taʼkidlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling